9 Aprel 2022 yil
457
"Ma’naviyat va ma’rifat oyligi" doirasida, jismoniy tayyorgarlik mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash departamenti va boshqarma Kasbiy tayyorgarlik bo‘limi mas’ul xodimlari hamkorligida joriy yilning 2 aprel kunidan 2 may kuniga qadar respublika miqyosidagi ichki ishlar organlari tizimida "Ma’naviyat va ma’rifat oyligi" doirasida viloyat Ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibini tezkor-xizmat va jangovar vazifalarni bajarishda jismoniy va psixologik shayligini shakllantirish, turli huquqbuzarliklarning profilaktikasida jismoniy kuch ishlatish, kurashning jangovar usullarini va maxsus vositalarni mohirona qo‘llash, shuningdek xizmat faoliyati jarayonida yuqori ishchanlikni ta’minlash maqsadida joriy yilning 08 aprel kuni viloyat Ichki ishlar boshqarmasi apparati shaxsiy tarkibi bilan namunaviy tarzda (master klass) jismoniy tayyorgarlik mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
Bunda, shaxsiy tarkibning jismoniy qobiliyatlarini rivojlantirish va lozim darajada ushlab turish, turli jismoniy harakat ko‘nikmalarini oshirish, malakalarini shakllantirish, shuningdek ularga haqiqiy jangovar sharoitga yaqinlashtirilgan vaziyatlarda kurashning jangovar usullarini qo‘llash usullarini o‘zlashtirishi, xodimlarning irodaviy sifatlarini rivojlantirish, ularning sog‘ligini yaxshilash va mustahkamlash hamda yuksak ish qobiliyatlarini shakllantirish, xodimlarda jangovar va o‘z ixtisosligiga oid boshqa vazifalarni bajarish uchun zarur bo‘ladigan jismoniy sifatlarini talab darajasida saqlab, yanada rivojlantirish va yuksak ma’naviy-ruhiy sifatlarini tarbiyalash asosiy maqsad qilingan.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati