16 May 2023 yil 203

"Ma’naviyat oyligi" tadbirlari Muzrabot tuman IIBda ham o‘tkazilmoqda

Muzrabot tumani IIBda "Ma’naviyat oyligi" doirasida Faxriylar kengashi, Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi bilan hamkorlikda "Uch avlod" uchrashuvi o‘tkazildi.

Unda tuman IIB Faxriylar kengashi vakili hayotiy tajribalari bilan o‘rtoqlashar ekan, xizmat olib borayotgan xodimlarga o‘z burchiga sadoqatli bo‘lishlarini, bugungi zamonaviy imkoniyatlar, sharoitlardan unumli foydalanib, jinoyatchilikni kamayishiga hissa qo‘shishlarini uqtirdi.

Shundan so‘ng, oylik doirasida tashkil etilgan kitob yarmarkasida xodimlar kitoblar xarid qilib, IIB kutubxonasiga ham sovg‘a qilishdi.

Binobarin, osoyishtalik posbonlarining kitobga do‘st tutinishi, ularning xizmat jarayonida, fuqarolar bilan muomala madaniyatini yuksaltirishiga  xizmat qiladi.

Text to speech