13 May 2023 yil 198

“Ma’naviyat oyligi” doirasida tashkil etilgan ma’naviyat va ma’rifat darsida Surxondaryo viloyati IIB xodimlari teatrga tashrif buyurishdi.

Ichki ishlar vazirligining 2023 yil 11 apreldagi “Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish oliy – burchimiz” shiori ostida “Ma’naviyat oyligi”ni o‘tkazish to‘g‘risida 100-son farmoyishi ijrosi yuzasidan, Surxondaryo viloyati Ichki ishlar organlari xodimlarining ma’naviy dunyoqarashini yuksaltirish, tariximiz, milliy qadriyatlarimizga hurmat hamda ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda madaniyat va san’atning xususan teatrning ahamiyati katta hisoblanadi.

Shu boisdan, joriy yilning 13 may kuni Surxondaryo viloyati ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan xodimlar va ularning oila a’zolarini bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish ularni madaniy hordiq chiqarishlari hamda ma’naviy ozuqa olishlari uchun «Ma’naviyat oyligi» doirasida teatr haftaligi tashkil etilib, xodimlar hamda ularning oila a’zolari e’tiboriga Surxondaryo viloyati musiqali drama teatrining ijodiy jamoasi tomonidan sahnalashtirilgan «Muhabbatim qismati» nomli spektakli namoyish etildi. 

Ushbu spektakl namoyishi Ichki ishlar organlari xodimlarining ma’naviy dunyoqarashini yuksaltirish, oila muqaddas dargohligini anglatish, ularni estetik jihatdan tarbiyalash, xodimlarni madaniyat va san’atning turli sohalariga bo‘lgan qiziqishlarini oshirishga qaratilganligi bilan yanada muhim ahamiyat kasb etdi.

«Ma’naviyat oyligi» doirasida Surxondaryo viloyati ichki ishlar organlari xodimlari hamda ularning oila a’zolari uchun davlat teatrlarida eng sara spektakllar namoyishini hamda ijodkorlar bilan jonli muloqotlarni tashkil etish ko‘zda tutilgan. 

Text to speech