3 May 2023 yil 342

“Ma’naviyat oyligi” doirasida tashkil etilan kitobxonlik haftaligi davomida Axborot resurs markaziga sayohat tashkil etildi.

Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 14 dekabr kunidagi  2020-2025 yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash milliy dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 781-son qarori, Ichki ishlar vazirining 2023 yil 11 aprel kunidagi Ichki ishlar organlarida “Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish oliy – burchimiz” shiori ostida “Ma’naviyat oyligi”ni o‘tkazish to‘g‘risida 100-son farmoyishi hamda viloyat IIBning 2023 yil 29 aprel kunidagi 39-son farmoyishlari ijrosini ta’minlash maqsadida viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ishlash xizmatining tashabbusi bilan IIO tizimida xizmat olib borayotgan xodim va xodimalar bilan birgalikda Termiz shahrida joylashgan Adib Sobir Termiziy nomidagi markaziy axborot resurslar markazi (kutubxona)ga tashrif buyurildi. Bundan asosiy ko‘zlangan maqsad IIO xodimlari o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, ularni kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirishdan iborat bo‘lib, tashrif davomida xodimlarga kutubxona mas’ul xodimlari tomonidan kutubxona to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi. Shundan so‘ng ilmga chanqoq IIO yosh xodimlari mazkur kutubxonada mavjud adabiyotlar bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Qolaversa kutubxonaning doimiy kitobxoniga ham aylanishdi sababi, IIOning yoshlari kutubxonaga a’zo bo‘lishib, uch yil davomida ushbu ilmlar bulog‘iga kelib, o‘zlarini qiziqtirgan adabiyotlarini olib o‘qish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Bu kabi tadbirlar tizimda xizmat qilib kelayotgan xodimlarda ulkan ta’surotlar uyg‘otibgina qolmasdan, ularning kelgusidagi xizmat faoliyatida yuksak ma’naviyatli kadr bo‘lib yetishishida ham muhim ahamiyat kasb etadi.

 

Text to speech