19 May 2023 yil 208

“Maʼnaviyat oyligi” doirasida Surxondaryo akademik litseyida sport musobaqalari davom etmoqda

O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2023-yil 11-aprel kunidagi 100-sonli Farmoyishiga asosan 1-31-may kunlari Ichki ishlar organlarida "Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish oliy burchimiz" shiori ostida o‘tkazilayotgan "Maʼnaviyat oyligi" doirasida IIV Surxondaryo akademik litseyida 17-may sanasida sportning Mini futbol hamda Armrestling (qo‘l kuchi) turlari bo‘yicha  litsey o‘quvchilari o‘rtasida musobaqa o‘tkazildi. Musobaqa juda qizg‘in tarzda bo‘lib o‘tdi. Yakuniy natijalarga ko‘ra Mini futbol sport turi bo‘yicha 1-o‘rinni  3/22-guruh o‘quvchilari , 2-o‘rinni 5/22-guruh o‘quvchilari, 3-o‘rinni 2/22-guruh o‘quvchilari egallashgan bo‘lsa sportning Armrestling (qo‘l kuchi) turi bo‘yicha 1-o‘rinni  1/22-guruh o‘quvchisi O‘rolov Otabek qo‘lga kiritgan bo‘lsa, 2-o‘rinni 6/22-guruh o‘quvchisi Yuldoshov Otabek, 3-o‘rinni esa 2/22-guruh o‘quvchisi O‘rolov Nodirlar egallashdi. G‘oliblar Akademik litsey maʼmuriyati tomonidan faxriy yorliqlar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.

Text to speech