2 May 2023 yil 382

“Ma’naviyat oyligi” doirasida muzeyga sayohat uyushtirildi

 Avval xabar qilganimizdek, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Surxondaryo viloyati bo‘limi hamda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi bilan hamkorlikda joriy yilning 1-may kunidan 1-iyun kuniga qadar “Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish – oliy burchimiz!” shiori ostida “Ma’naviyat oyligi” doirasida turli tadbirlar o‘tkazish belgilangan edi.

 Shu munosabat bilan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Surxondaryo viloyati bo‘limi rahbari Nargiza Rahmatullayeva hamda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati boshlig‘ining o‘rinbosari, mayor Xusan Nurmatov va tuman (shahar) Ma’naviyat va ma’rifat bo‘linmalari rahbarlari, viloyat IIB hududiy bo‘limlari boshliqlarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari Termiz shahridagi Arxeologiya muzeyiga sayohat uyushtirishdi.

 Bu kabi sayohatlar xodimlarga vohamizdagi tarixiy va ma’daniy meroslar bilan tanishib, ma’naviy ozuqa olish bilan bir qatorda ularning tarixiy bilimlarini ham boyitishga hissa qo‘shadi.

 Aytish kerakki, joriy yilning 1-may kunidan 1-iyun kuniga qadar “Ma’naviyat oyligi” doirasida Surxondaryo viloyati Ichki ishlar organlari tizimida “Kitobxonlik haftaligi”, “Kitob yarmarkalari”, “Kitob taqdimot”lari, “Zukko kitobxon” koʻrik-tanlovi, “Teatr haftaligi” kabi loyihalarni ham oʻtkazish belgilangan.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech