2 May 2023 yil 368

"Ma’naviyat oyligi” doirasida yangi hamkorlik dasturi imzolandi

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2023 yil 11 aprel kunidagi Ichki ishlar organlarida “Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish oliy – burchimiz” shiori ostida “Ma’naviyat oyligi”ni o‘tkazish to‘g‘risida 100-son farmoyishi imzolandi. Uning ijrosini ta’minlash maqsadida Termiz shahridagi Matbuot uyida konferensiya o‘tkazildi. Unda viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik Sh.Shadiev, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Surxondaryo viloyati bo‘limi boshlig‘i N.Raxmatullaeva, shahar, tuman IIB boshliqlarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari hamda Ma’naviyat va ma’rifat markazi shahar, tuman bo‘linmalari rahbarlari ishtirok etdilar.

 Ma’lumki, 2 yil avval  Ichki ishlar vazirligi hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi o‘rtasida 2021 yil 14 aprel kuni hamkorlik memorandumi imzolangan edi. O‘tgan vaqt davomida ushbu memorandumda ko‘zlangan vazifalarni amalga oshirish uchun viloyat IIB hamda Respublika Ma’naviyat va  ma’rifat markazi viloyat bo‘limi tomonidan qator amaliy ishlar, hamkorlik tadbirlari o‘tkazildi. Konferenuyusiyada ushbu sa’y-harakatlarning samarasi o‘laroq erishilgan yutuqlar sarhisob qilindi.

Shundan so‘ng, konferensiya ishtirokchilarining hamkorlikni yanada kuchaytirishga qaratilgan taklif, fikr va mulohazalari tinglandi. Bir yo‘la IIOda 1 maydan 1 iyunga qadar e’lon qilingan “Ma’naviyat oyligi” doirasida amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan hamkorlikdagi tadbirlar dasturi ham tasdiqlandi.

 Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

 

Text to speech