22 May 2023 yil 199

“Ma’naviyat oyligi” doirasida xodimlarning ma’naviy va tarixiy bilimlari oshirilmoqda.

“Ma’naviyat oyligi” doirasida viloyat ichki ishlar boshqarmasi Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasida ham “Kitobxonlik”, “Teatr, muzey va kino”, “Madaniy va ma’rifiy tadbirlar” o‘tkazilib kelinmoqda.

Buning misoli sifatida, Termiz shahridagi “Adib Sobir Termiziy” nomidagi axborot kutubxona markaziga borildi. Ushbu maskanda ma’naviy va boy tariximizga ega bo‘lgan ilmiy va badiiy asarlar bilan tanishib chiqildi.

Shundan so‘ng, Termiz shahridagi “Tarix va Madaniyat” muzeyiga qilingan sayohat davomida, buyuk o‘tmishdan so‘zlovchi tarixiy buyumlar san’at asarlari haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘lishdi.

Text to speech