23 May 2023 yil 162

“Ma’naviyat oyiligi” doirasida tergovchilar “Al-Hakim At-Termiziy” ziyoratgohi hamda “Termiziylar” muzeyida bo‘lishdi.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2023 yil 11 aprel kunidagi Ichki ishlar organlarida “Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish oliy – burchimiz” shiori ostida “Ma’naviyat oyligi”ni o‘tkazish to‘g‘risida hamda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining 2023 yil 29 aprel kunidagi farmoyishlari ijrosi doirasida, Tergov boshqarmasi va uning quyi bo‘linmalari xodimlari “Al-Hakim At-Termiziy” ziyoratgohi hamda “Termiziylar” muzeyiga tashrifi amalga oshirildi.

Tergovchilar dastlab, Al-Hakim At-Termiziy maqbaralarini ziyorat qilib, so‘ngra ushbu tarixiy obida ichida joylashgan “Termiziylar” muzeyiga tashrif buyurishdi. Xodimlar muzeydagi “Termiziylar” davriga oid eksponatlar bilan tanishib, ajdodlarimiz o‘tmishda buyuk tarixiy davlat qurishganligi, jahon sivilizatsiyasiga katta hissa qo‘shganligiga yana bir bor amin bo‘lishdi.

“Ma’naviyat oyligi” davomida tashkil etilayotgan bu kabi tadbirlar Ichki ishlar organlari xodimlarini ma’naviy boyligini orttirishga munosib hissasini qo‘shmoqda.

Text to speech