20 May 2023 yil 199

"Ma’naviyat marshruti" asosida madaniyat yodgorliklariga sayohat uyushtirildi

"Ma’naviyat oyligi" doirasida "Ma’naviyat marshruti" loyihasi bo‘yicha joriy yilning 19-may sanasida IIV Surxondaryo akademik litsey o‘quvchilari viloyatda joylashgan tarixiy obidalar, madaniy ob’ektlar, muzey va ziyoratgohlarga tashrif buyurishdi. Xususan, o‘uvchilar Termiz tumanida  joylashgan "Sulton Saodat" maqbarasi hamda "Al-Hakim at-Termiziy" ziyoratgohlarida bo‘lishdi. Ziyorat qilish davomida maqbaralarning qurilish tarixi va tutgan o‘rni haqida o‘quvchilar yetarlicha ma’lumotlarga ega bo‘lishdi. "Sulton Saodat" maqbarasi mas’ul xodimi maqbara haqida so‘z yuritib, uning somoniylar va qoraxoniylar davrida qurilganligi, shuningdek Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v)ning avlodlarining ham qabrlari xuddi shu zaminda  joylashganligi haqidagi ma’lumotlar berib o‘tdi.

Shu kabi madaniy va ma’rifiy tadbirlarning hamda ziyoratgohlarga tashrif buyurish o‘z o‘rnida tariximizni yanada chuqurroq o‘rganishimizga hamda buyuk ajdodlarimizga munosib farzandlar bo‘lib ulg‘ayishimizga zamin yaratadi.

Text to speech