13 Iyul 2024 yil 711

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar, kadrlar bilan ta’minlash hamda jismoniy va jangovar tayyorgarlik yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi.

Joriy yilning 13 iyul kuni viloyat IIB katta majlislar zalida viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Shadiev Sherzod Fayzullaevich huzurida 2024 yilning 6 oyi davomida Ma’naviy-ma’rifiy ishlar, kadrlar bilan ta’minlash hamda jismoniy va jangovar tayyorgarlik yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar hamda kelgusida amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan amaliy chora-tadbirlarga bag‘ishlangan tanqidiy ruhdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati xizmati boshlig‘ining o‘rinbosarlari, shaxsiy tarkibi, sohaviy xizmatlarning ma’naviy-ma’rifiy ishlarga mas’ul xodimlari, shahar-tuman IIB boshliqlarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari hamda kadrlar bilan ta’minlash guruhi katta inspektorlari ishtirok etdi. 

Yig‘ilishda joriy yilning o‘tgan davri mobaynida xizmat xodimlari hamda joylardagi mas’ullar tomonidan amalga oshirilgan ishlar va yo‘l qo‘yilgan xato-kamchiliklar xizmat boshlig‘ining o‘rinbosarlari tomonidan yig‘ilish qatnashchilariga o‘qib eshittirildi.

Shundan so‘ng, viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Sh.Shadiev va O‘zbekiston Respublikasi IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi mas’ul xodimi tomonidan yig‘ilish ishtirokchilariga bir qator topshiriq va takliflar berildi. 

Yig‘ilish so‘ngida mas’ullarga berilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan belgilangan muddatlarda axborot berilishi to‘g‘risida ta’kidlab o‘tilib, o‘zining xizmat faoliyati davomida yuqori natijalarga erishgan rahbar va xodimlar navbatdagi unvon va qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari tomonidan taqdirlandi.

Text to speech