Ma'muriy nazorat qoidasini buzganligi sabab, jinoyat ishi qo'zg'atildi
Angor tumanida 2020 yilning 12 mart kuni, "qadimiy Angor" mahallasida yashovchi, muqaddam 2017 yilning 11 yanvar kunida O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi "a" bandi bilan sudlangan, T.P. Jinoyat ishlari bo'yicha Angor tuman sudi tomonidan 6 oy muddatga ma'muriy nazorat o'rnatilgan bo'lsada, T.P. 2020 yilning 25 iyun kunida ma'muriy nazorat qoidalarini buzganligi uchun O'zbekiston Respublikasi ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksining 206-moddasi bilan ma'muriy javobgarlikka tortilgan bo'lsada, o'ziga tegishli xulosa chiqarmasdan takroran 2020 yil 5 iyul kuni taxminan soat 22.20 lar chamasida, tumanning "qadimiy Angor" mahallasi hududida joylashgan oshxonada spirtli ichimlik iste'mol qilib yurganligi tuman ichki ishlar bo'limi huquqbuzarliklar profilaktikasi profilaktika inspektori tomonidan aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilgan. 11 iyul kuni T.P.ga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 226-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati