14 Iyul 2021 yil
590
"Malibu" olib berishni va'da qilgan firibgar
Denov tumanida 2021 yilning 3 iyun kuni, Qumqo'rg'on tumani "Oqsoy" mahallasida yashovchi, y.Muhayyo tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda 2021 yilning 25 may kuni tumanning "sanoatchilik" mahallasida yashovchi, E.O'tkir uning ishonchiga kirib, "Malibu" rusumli, avtoulovi olib beraman deb, 362 000 000 (uch yuz oltmish ikki million) so'm pulini olib, o'zlashtirib ketganligini bildirgan. 2 iyul kuni E.O'tkirga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi "a" bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati