6 Sentyabr 2025 yil
384
Maktab o‘quvchilarining yo‘llarda xavfsizligini ta’minlash maqsadida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Angor tumani IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Yo‘l harakati xavfsizligi guruhi va tumandagi barcha maktab direktorlari ishtirokida voyaga yetmagan bolalar bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisalari va huquqbuzarliklarni oldini olishga qaratilgan yig‘ilish o‘tkazildi. Tadbirda maktablar joylashgan hududda xavfsizlik masalasi, voyaga yetmagan bolalarning maktablarga kelib-ketishini nazorat qilish va sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisalari muhokama qilindi.