27 Fevral 2024 yil 448

Maktab o‘quvchilari viloyat IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi faoliyati bilan yaqindan tanishdi

Surxondaryo viloyati IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi tashabbusi bilan Jarqo‘rg‘on tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktab internatining bir guruh o‘quvchilarining tashrifi amalga oshirildi. Dastlab, Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi xodimlarining xizmat olib borishi, xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ajratilgan texnik vositalari va situatsion markaz faoliyati bilan tanishtirib o‘tildi.

Tashrif davomida, Termiz shahridagi “Arxeologiya muzeyi” va “Vatanparvarlik bog‘i”ga olib borilib, o‘quvchilarning yurtimiz va viloyatimiz bo‘ylab muqaddas qadamjolar hamda tarixiy obidalarga sayohatlarni tashkil etishda birgalikda hamkorlik qilish bo‘yicha kelishib olindi.

Text to speech