22 Oktyabr 2023 yil 1013

Maktab o‘quvchilari o‘rtasida targ‘ibot ishlari olib borildi.

Joriy yilning 21 oktabr kuni Qiziriq tumanidagi 14-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida  16 yoshdan oshgan maktab o‘quvchilariga ID kartalar olish va tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi haqida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Qiziriq tuman IIB Jamoat xavfsizligi  xizmati Huquqbuzarliklar profilakasi bo‘linmasi inspektori katta leytenant G‘.Yangiboev, Jamoat xavfsizligi  xizmati Huquqbuzarliklar profilakasi bo‘linmasi Voyaga yetmaganlar masalalari bo‘yicha inspektor psixologi leytenant R.Tojiev hamda tuman IIB Migratsiya va Fuqarolikni rasmiylashtirish guruhi katta inspektori katta serjant S.Xolmuminovlar  ushbu maktabning Ma’naviy-ma’rifiy ishlar buyicha direktor o‘rinbosari Q.Ismoilov ishtirokida targ‘ibot tushuntirish ishlarini olib borishdi.

Targ‘ibot ishlari davomida o‘quvchi  yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollari bo‘yicha mutaxassislar tomonidan ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.

Text to speech