28 Aprel 2023 yil 539

Maktab o‘quvchilari bilan davra suhbati o‘tkazildi

Surxondaryo viloyati IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi xodimlari tomonidan Termiz shahridagi 1-sonli hamda 6-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida huquqiy bilimlarini mustahkamlash, voyaga yetmaganlar o‘rtasida sodir etilishi mumkin bo‘lgan huquqbuzarliklarning oldini olish borasida profilaktik davra suhbati o‘tkazildi.

Shuningdek, o‘quvchilar o‘rtasida yo‘l transport hodisalarining oldini olish maqsadida, yo‘l harakati xavfsizligi qoidalariga rioya etilishi yuzasidan targ‘ibot va tushunchalar berildi.

Targ‘ibot tadbiri davomida, maktab o‘quvchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan batafsil ma’lumotlar berib o‘tildi.

Text to speech