24 Mart 2021 yil 666

Maktab o'quvchisi o'g'rilikka qo'l urdi...

Denov tumanida 2021 yil 18 fevral kuni tumanning "Surxon-Diyor" mahallasida yashovchi, E.Z. ismli ayol tuman ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasiga ariza bilan murojaat qilib, unda 11 fevral kuni noma'lum shaxs yashash uyida joylashgan savdo do'koning derazasini sindirish yo'li bilan kirib, do'kon ichidan 2.000.000 (ikki million) so'm pullari va 2.000.000 (ikki million) so'mlik oziq-ovqat mahsulotlarini o'g'irlab ketganligini ma'lum qilgan. Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko'rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni shu mahallada yashovchi, qo'shnisi voyaga etmagan, maktab o'quvchisi, J.J. sodir etganligi aniqlanib ushlangan va ashyoviy dalil olingan. 17 mart kuni J.J.ga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismining "g" bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Ushbu jinoyatni sodir etgan voyaga etmagan J.J.ning ota-onasi qolaversa sinf rahbari tomonidan nazorat qilinmaganligi, maktab ma'muriyati maktabdagi muhit va xulq-atvorida o'zgarish bo'lgan o'quvchilar o'rtasida o'z vaqtida tegishli profilaktik ta'sir choralari ko'rilmaganligi, o'quvchilar va ularning ota-onalari ishtirokida muhokama yig'ilishlari o'tkazilmaganligi oqibatida sodir etilishiga yo'l qo'yilgan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech