11 Mart 2021 yil 549

Maktab o'quvchisi bezorilik qildi

Jarqo'rg'on tumanida 2021 yilning 10 fevral kuni taxminan soat 12:00lar chamasida, tuman hududidagi maktablarning birida maktab o'quvchisi, o.E. jamiyatda yurish turish qoidalarini mensimasdan hech bir sababsiz, shu tumanda yashovchi, N.O.ni qo'li bilan yuziga urib, "o'rtacha og'irlikda"gi tan jaroxati etkazgan.
Mazkur holat yuzasidan, 2021 yilning 1 mart kuni O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi (bezorilik) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Ushbu ta'lim dargohida madaniyat va ma'rifatdan, odob-ahloqdan ta'lim tarbiya olish o'rniga jamiyatda yurish turish qoidalariga amal qilmagan o.E.ning kelajagidan uning ota-onasi farzandining ertangi kunidan nimani umid qilishi mumkin.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech