20 Mart 2024 yil
519
Maktab direktorlari bilan muhokama yig‘ilishi tashkil etildi.
Muzrabot tumani IIB Jamoat xavfsizligi
xizmati Yo‘l harakati xavfsizligi guruhi inspektorlari tomonidan tumandagi barcha
umumta’lim maktab direktorlari bilan Buxoro viloyatida maktab o‘quvchilari bilan
sodir bo‘lgan Yo‘l transport hodisasining kelib chiqish sabablari va bunday hodisalarning
oldini olishga bag‘ishlangan muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi.
Yig‘ilishda o‘quvchilarni sayohatlarga olib chiqish,
ularni guruh-guruh bo‘lib tashish jarayonlarini Ichki ishlar organlari xodimlari
bilan kelishgan holda belgilangan tartib asosida amalga oshirishlari, Yo‘l patrul
xizmati kuzatuv mashinalari hamrohligida tashkil etish kelishib olindi.