3 Dekabr 2021 yil
468
"Mahorat darslari" asosida 5000 qadam piyoda yurish sport mashg'uotlari tashkil etildi
Surxondaryo viloyati ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi o'rtasida, "Kasbiy tayyorgarlik oyligi" davomida, 5000 qadam piyoda yurish aktsiyasi doirasida aholi vakillari va yoshlar bilan birgalikda, sog'lik va salomatlikni asrab avaylash, giyohvandlika va "OITS"ga qarshi kurashish mazmunidagi bannerlar ko'targan holda Termiz shahri ko'chalari bo'ylab piyoda harakatlanishdi.
Bundan tashqari, "mahorat darslari" asosida jismoniy tayyorgarlik mashg'ulotlari o'tkazildi. Unda ichki ishlar organlari xodimlari doimgidek faol ishtirok etib, mashg'ulotlarni o'zlashtirish bo'yicha o'z imkoniyatlarini matonat bilan sinovdan o'tkazishdi.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati