13 Iyul 2021 yil 505

Mahalliy va xorijiy sayyohlar uchun targ'ibot tadbiri uyushtirildi.

Joriy yilning 9-10 iyul kunlari Surxondaryo viloyati IIB xavfsiz turizmni ta'minlash boshqarmasi xodimlari Sherobod tumani tibbiyot birlashmasiga qarashli "Tuzkon" davolash maskani va Sherobod tumanidagi "Abu Iso Muhammad Imom at-Termiziy" majmuasiga ziyorat hamda sog'liklarini tiklash uchun shifo izlab kelayotgan mahalliy va xorijiy turistlarning xavfsizligini ta'minlash maqsadida, majmuada faoliyat olib boruvchi ishchi-xizmatchilar hamda majmuada savdo-sotiq ishlari bilan shug'ullanuvchi fuqarolar bilan targ'ibot va tashviqot ishlarini olib borishdi.
Targ'ibot tadbirida asosiy e'tiborni majmuaga tashrif buyuradigan mahalliy va xorijiy fuqarolarning shaxsiy narsa va buyumlariga ehtiyotkor bo'lishlari, tashrif byurgan mehmonlar bilan xushmuomilalik bilan munosabatda so'zlashish, sayohatchilarga nisbatan huquqbuzarlik va jinoyatlar sodir etilgan taqdirda zudlik bilan tuman IIB va viloyat IIB xavfsiz turizmni ta'minlash boshqarmasida tashkil etilgan navbatchilik qismining (76) 229-01-45 telefon raqamiga murojaat etishlari ta'kidlandi.
Shuningdek, hozirgi kunda butun dunyoda global muammolaridan biri mamlakatimizda ham koronavirus infektsiyasi keng tarqalishini oldini olishda, karantin vaqtida belgilangan cheklovlar, tartib-qoidalarga qat'iy rioya etishligi juda muhimligi to'g'risidagi kerakli tavsiyalar berib o'tildi.
Uchrashuv so'ngida, Sherobod tumani tibbiyot birlashmasiga qarashli "Tuzkon" davolash maskani va Sherobod tumanidagi "Abu Iso Muhammad Imom at-Termiziy" majmualari ishchi-xizmatchilari hamda maskanda savdo-sotiq ishlari bilan shug'ullanuvchi fuqarolarni qiziqtirgan savollari bo'yicha kerakli ma'lumotlar berish bilan birga, maskandagi mahalliy va xorijiy mehmonlar va ishchi-xizmatchilarga xavfsiz turizmni ta'minlash boshqarmasi ish faoliyati hamda ishonch telefonlari aks ettirilgan bukletlar va xodimlarning shaxsiy uyali qo'l telefon raqamlari taqdim etildi.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech