Mahallalarda jinoyatchilikni barvaqt oldini olish choralari kuchaytirilmoqda
Hududlarda aholi xotirjamligini ta'minlash, jinoyat va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish maqsadida, tegishli huquq tartibot organlarining hamkorlikda amalga oshirilayotgan keng ktshlamli chora-tadbirlari kuchaytirilmoqda.
Bunda joylardagi huquqbuzarliklar proflaktikasi inspektorlari va ularning yordamchilari bilan bir qatorda Milliy gvardiya xodimlari ham jalb etildi. Endilikda mahallalarda biriktirilgan harbiy xizmatchi va xodimlarning mazkur yo'nalishdagi bilim va ko'nikmalarini yanada oshirish muhim ahamiyatga egadir.
Shu maqsadda, Surxondaryo viloyatida tashkil etilgan 5 kunlik o'quv seminarida ana shu jihatlarga alohida e'tibor qaratildi. Seminar davomida ishtirokchilar o'zaro tajriba almashib, mahallardagi mavjud kriminogen vaziyatni proflaktika inspektorlari bilan birgalikda amaliy o'rganishib, qaysi hududga qay tartibda ish olib borish kerakligi yuzasidan tegishli xulosalarga ega bo'lishib, ular jinoyatni jilovlash bo'yicha yangi tizimda ishlar olibyu borilishi yo'lga qo'yildi. Viloyatda ushbu yo'nalishdagi amaliy ishlar davom ettirilmoqda.