2 Iyul 2020 yil
617
Mahalladoshini urib tan jarohati etkazdi
Sariosiyo tumanida 2020 yilning 21 iyun kuni taxminan soat 20.25 lar chamasida, tumanning "Lutfikor" mahallasida joylashgan "Odil-xol" mebel ishlab chiqarish xususiy korxonasining oldida, tumanning shu mahallada yashovchi M.U.ni mahalladoshi X.X. urib, unga o'rtacha og'ir shikast etkazgan. 1 iyul kuni X.X.ga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 105-moddasi 2-qismi "i" bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati