10 Iyul 2021 yil
427
Mahalladoshini tunab ketgan ayolga jinoyat ishi qo'zg'atildi
Denov tumanida 2021 yilning 18 iyun kuni tumanning "Bog'ishamol" mahallasida yashovchi, S.Aziza "102" raqamiga murojaat qilib, murojaatida, 17 iyun kuni soat 17.00 larda, noma'lum shaxs yashash uyidan 1.000.000 (bir million) so'm puli va 4 grammlik narxi 1.200.000 (bir million ikki yuz ming) so'mlik tillo taqinchoqlarini o'g'irlab ketganligini ma'lum qilgan. Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko'rilgan choralar natijasida ushbu o'g'irlik jinoyatini mahalladoshi, P.Barchin sodir etganligi aniqlanib ushlangan va undan ashyoviy dalil olingan. 28 iyun kuni P.Barchinga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati