Mahallabay tizim amalda
Surxondaryo viloyati IIB boshlig'i, 3-sektor rahbari A.S.Ismoilov 2021 yil 7 may kuni Muzrabot tumaniga ishni "mahallabay" tashkil etish borasida sektor rahbarlari bilan uchrashdi. Uchrashuvda "ayollar daftari", "yoshlar daftari" va "temir daftar"ga kiritilgan fuqarolarning bandligini ta'minlash borasida amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdi, bu borada uchrayotgan muammolarni bartarf etish bo'yicha mutasaddi tashkilotlarga topshiriqlar berildi. Shuningdek, hududdagi obodonlashtirish ishlarini ham ko'zdan kechirdi.
Xususan, Muzrabot tumanidagi "Guliston" mahallasida 4-sektor rahbari Sh.Qurbonov, mahalla raisi va faollari bilan uchrashib, "ayollar daftari"ga kiritilgan 60 nafar ayol, "yoshlar daftari" ga kiritilgan 23 nafar o'g'il-qiz va "temir daftar"da turgan 12 ta oila bo'yicha qilingan ishlar bilan tanishdi. Bir yo'la mahalla hududida joylashgan 40-umumta'lim maktabidagi 39-sonli saylov uchaskasidagi kamchiliklar ham o'rganildi.
Shundan so'ng, 4-sektor hududidagi "Fayzobod" mahallasida ham daftarlarga kiritilgan oilalarga qanday amaliy ko'mak berilayotgani, mahalladagi 37 - hamda 47-saylov uchastkasidagi yaratilgan sharoitlar ham nazardan chetda qolmadi. U erdagi kamchiliklar bo'yicha 4-sektor rahbariga tegishli topshiriqlar berdi.
Tumanning 3-sektor hududidagi al Hakim at-Termiziy mahallasida A.Ismoilov 10 nafar "ayollar" va 10 nafar "yoshlar" daftarida turgan fuqarolarga tikuv mashinkasi, gaz plitasi va turli xildagi maishiy texnika vositalari imtiyozli kredit asosida tarqatildi.
Sektor rahbari Muzrabot kasb-hunar maktabida ham bo'lib, 24-saylov uchastkasining shart-sharoitlarini o'rgandi, maktabda tikuvchilik, avtomobillarga xizmat ko'rsatish va duradgorlik yo'nalishlarida 28 nafar yosh o'qitilmoqda. O'qish jarayonida amaliy mashg'ulotlar uchun yaratilgan sharoitlar ham ko'zdan kechirildi.
O'rganishlar davomida aniqlangan muammolarni bartaraf etish borasida tegishli mutasaddi tashkilotlarga alohida muddatlar belgilandi.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati