Mahalliy va xorijiy sayyohlar xavfsizligini ta’minlash yo‘lida...
Surxondaryo viloyati IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi xodimlari tomonidan Turizm hamda Ziyorat turizm obe’ktlarida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, xavfsiz turizmni ta’minlash borasida targ‘ibot va tashviqot ishlari olib borilmoqda.
Huddi shunday tadbirlardan biri 2022 yilning 20 iyul kuni Termiz tumanida joylashgan “Al-Hakim At-Termiziy” ziyoratgohiga tashrif buyuruvchi xorijiy va mahalliy sayyohlarning xavfsizligini ta’minlash hamda viloyat hududiga sayyohlar oqimini ko‘paytirish maqsadida, muqaddas qadamjoylar sanalmish ziyoratgoh atrofida faoliyat yuritayotgan savdo-sotiq do‘konlarida faoliyat yuritayotgan savdo xodimlariga doimo xushmuomilada bo‘lish, shaxsiy narsa va buyumlariga ehtiyotkor bo‘lishlari, mahalliy va xorijiy sayyohlarga nisbatan huquqbuzarlik va jinoyatlar sodir etilgan taqdirda viloyat IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasida tashkil etilgan navbatchilik qismining 76-224-15-76 telefon raqamiga murojaat etishlari yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.
Shu bilan birga, Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi yo‘l-harakati xavfsiziligini ta’minlash guruhi va Jamoat tartibini saqlash guruhi xodimlari tomonidan, “Al-Hakim At-Termiziy” ziyoratgohi avtoturargohida hamda Termiz shahridagi Avtoshoxbekatlarda fuqarolarni tashish ya’ni belgilangan yo‘nalish bo‘ylab harakatlanuvchi “taksi” haydovchilari bilan “Harakat xavfsizligini ta’minlash barchamizning burchimiz!” mavzusida targ‘ivot-tashviqot ishlari o‘tkazish bilan birga, jinoyat va huquqbuzarlikni barvaqt oldini olish borasida viloyat IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash xodimlari bilan bevosita hamkorlik o‘rnatilgan holda faoliyat olib borishlari yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati