Mahallalarda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish yuzasidan o‘quv-seminari o‘tkazildi
Bugun Termiz tumani hokimligi katta majlislar zalida “Obod va xavfsiz mahalla”
tamoyili asosida mahallalarda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish
yuzasidan o‘quv-seminari tashkil etildi.
Tashil etilgan seminarda viloyat IIB, viloyat Xotin-qizlar, Yoshlar ishlari
agentligi va viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmalari mas’ul
xodimlari va mutasaddi tashkilot vakillari hamda mahalla yettiligi ishtirok etdi.
O‘quv-seminarida “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili
asosida mahallalarda tinchlik va hamjihatlik muhitni yaratish, aholi xususan, yoshlar
va voyaga yetmaganlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni barvaqt aniqlash
va oldini olish yuzasidan soha xodimlari tomonidan tushuntirish va tavsiyalar berildi.