27 Avgust 2023 yil 388

Mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish bo‘yicha yangi yondoshuv va tajribalarni joriy etish masalalari muhokama qilindi

Joriy yilning 25 avgust kuni Surxondaryo viloyat hokimligi katta majlislar zalida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining birinchi o‘rinbosari Baxriddin Valiev va viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligida mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish bo‘yicha yangi yondoshuv va tajribalarni joriy etish, viloyatda mavjud kriminogen vaziyat ahvoli videoselektor tarzida muhokama qilindi.

Markaziy studiyadan viloyatdagi huquqni muhofaza qiluvchi organlar, ijtimoiy soha va tegishli idoralar, shahar va tumanlar sektorlari rahbarlari, shuningdek, hududiy studiyalardan tizim tashkilotlari mas’ullari ishtirok etdi.

Muhokama avvalida Bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari Baxriddin Valiev Prezidentimiz topshirig‘i bilan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori rahbarligidagi ishchi guruh tomonidan Surxondaryo viloyatida o‘tkazilgan o‘rganish natijalarini o‘qib eshittirdi va aniqlangan kamchiliklarni sanab o‘tdi.

Aniqlangan kamchiliklar, yo‘l qo‘yilgan xatolar yuzasidan mas’ullarning hisobotlari tinglandi. Mahallalarda “Ijtimoiy profilaktika” bo‘yicha mahalla “beshligi”ning kunlik faoliyatini yangicha tizimda davom ettirish, “Sektor rahbari – mahalla beshligi” tamoyiliga asosan yo‘lga qo‘yilgan amaliy mexanizmning samaradorligini oshirish, aholi, ayniqsa, ayollar, yoshlar, voyaga yetmaganlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklar profilaktikasini tizimli olib borish bo‘yicha vazifalar belgilab berildi.

Text to speech