Mahallalarda xavfsiz muhit yaratish– ustuvor vazifa
Prezidentimizning «2025 yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorida jinoyat sodir etilgan har bir mahallalarda kriminogen vaziyatni barqarorlashtirishda ustuvor vazifalar belgilab berilgan. Ayni shu maqsadda, Surxondaryo viloyatida Qo‘riqlash boshqarmasi xodimlari tomonidan joylardagi mahallalarda profilaktik tadbirlar olib borilib, mulkiy turdagi jinoyatlarning oldini olish choralari ko‘rilmoqda.
Uchrashuvlarda sodir etilgan o‘g‘irlik jinoyati bilan bog‘liq
holatlar haqida to‘xtalib, oldini olish choralarini ko‘rish, hushyorlikni oshirishda
Qo‘riqlash boshqarmasining mavjud imkoniyatlaridan foydalanish xavfsizlik va xotirjamlikning
kafolati ekanligi tushuntirilmoqda. Xavfsiz
hudud va mulkiy turdagi jinoyatlar profilaktikasi doirasidagi targ‘ibotlar mahallalar
kesimida davom etmoqda.
Aytish kerakki, bugungi kunda xizmat xodimlari tomonidan hududlarda videokuzatuv kameralari, ob’ekt va xonadonlar uchun signalizatsiya tizimlari hamda “tashvish tugmasi” kabi xavfsizlik vositalarini joriy etish orqali jinoyatlarning oldini olishda samaradorlikka erishilmoqda.