20 Mart 2020 yil 825

Маҳалладош ўғрилар қўлга олинди

Denov tumanida 2020 yilning 16 mart kuni, uzun tumanida yashovchi T.D. ismli ayol Denov tumani bo'yicha ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasiga ariza bilan murojaat qilib, unda shu kuni soat taxminan 15.30 chamasida, Denov tumani "Bobur" mahallasi hududida joylashgan buyum bozorida, sumkasida bo'lgan 8.000.000 (sakkiz million) so'm pulini noma'lum shaxslar o'g'irlab ketganligini bildirgan. Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko'rilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida, ushbu o'g'irlik jinoyatini Sariosiyo tumanida yashovchi A.V. va uning mahalladoshi y.M. ismli ayol bilan birgalikda sodir etishganligi aniqlanib ushlangan va ulardan ashyoviy dalil olinib eagsiga qaytarilgan.

Mazkur holat yuzasidan, 18 mart kuni A.V. hamda uning mahalladoshi y.M. ismli ayolga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi "v" bandi bilan bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech