14 Oktyabr 2025 yil 37

Mahalla yettiligi birdamligi – xavfsizlik garovidir!

Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasining mas’ul xodimlari tomonidan Sherobod tumanida mahalla yettiligi vakillariga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 30 noyabr kunidagi 801-sonli qarorining mazmun-mohiyatini joylarga borgan holda atroflicha tushuntirish maqsadidagi amaliy o‘quv-seminarlari va davra suhbatlari tashkil etilmoqda.

Ushbu tashkil etilayotgan o‘quv-seminari davomida, mahalla yettiligi tomonidan o‘zlarini qiziqtirgan savollariga batafsil javoblar olishmoqda. O‘quv-seminarda profilaktika inspektorlariga mahalla yettiligi bilan qaror talablaridan kelib chiqib, hamkorlikdagi chora-tadbirlarni belgilash yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar ham berildi.

Text to speech