Kurash bo‘yicha Surxondaryo viloyatida bo‘lib o‘tgan “Ichki ishlar vaziri kubogi” musobaqasi g‘oliblari aniqlandi
Bugun ichki ishlar organlari tizimida ham har
bir xodim uchun sport bilan shug‘ullanish – kunlik hayot tarziga aylanmoqda. Buning
natijasi o‘laroq, kurash, sambo, dzyudo, boks, futbol kabi sport turlari bilan professional
darajada shug‘ullanayotgan xodimlarimiz soni ko‘paymoqda.
Joriy yilning 5-9 noyabr kunlari Surxondaryo viloyatida
bo‘lib o‘tgan Ichki ishlar vazirligi tarkibiy va hududiy bo‘linmalari terma jamoalari
o‘rtasida sportning milliy kurash, yunon-rum hamda erkin kurash turlari bo‘yicha
“Ichki ishlar vaziri kubogi” musobaqasi tom ma’noda ushbu ezgu tashabbusning uzviy
davomchisi bo‘ldi.
Termiz shahridagi “Surxon sport majmuasi”da o‘tkazilgan
musobaqaning respublika bosqichida polvonlar halol bel olishdi.
Natijalarga ko‘ra, sportning milliy kurash turi
bo‘yicha 3- o‘rin Buxoro va Navoiy viloyati, 2-o‘rin Surxondaryo viloyati IIB jamoasiga
nasib qilgan bo‘lsa, faxrli 1-o‘rinni Qashqadaryo viloyati jamoasi qo‘lga kiritishdi.
Sportning yunon-rum turi bo‘yicha esa 3-o‘rinni
Jizzax va Sirdaryo viloyatlari, 2-o‘rinni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, 1-o‘rinni
IIV JIED (Jazoni ijro etish Departamenti) jamoasi qo‘lga kiritishdi.
Sportning erkin kurash turi bo‘yicha 3-o‘ringa
Surxondaryo va Navoiy viloyatlariga, 2-o‘rin Qoraqalpog‘iston Respublikasiga, 1-o‘rin
IIV JIED (Jazoni ijro etish Departamenti) jamoasi munosib ko‘rildi.
Umumjamoa hisobida 1-o‘rin Qashqadaryo viloyati,
2-o‘rin Surxondaryo viloyati hamda 3-o‘rin Buxoro viloyatiga nasib qildi.
Nominatsiyalar bo‘yicha:
“Eng yaxshi texnika ustasi” nominatsiyasi bo‘yicha
– Surxondaryo viloyati IIB TVBSO (Tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbarlik otryadi)
katta mutaxassisi katta serjant Jandrev Shermuxammad Mamarajab o‘g‘li;
“G‘alabaga bo‘lgan intilishi” nominatsiyasi bo‘yicha
– Surxondaryo viloyati IIB TVBSO (Tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbarlik otryadi)
katta mutaxassisi katta serjant To‘xtashev Sanjar Karomatovichlar munosib deb topildi.
Musobaqa yakunida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan sportchilar va jamoalarga Ichki
ishlar vazirligining qimmatboho esdalik sovg‘alari tashkilotchi mas’ullar tomonidan
tantanali ravishda topshirildi.