24 Yanvar 2021 yil 741

Kuchlilar bellashishdi

Termiz shahridagi bolalar va o'smirlar sport maktabida Surxondaryo viloyat huquqni muhofaza qiluvchi organlari xodimlari o'rtasida sportning qo'l janggi yakka kurash turi bo'yicha viloyat birinchiligi musobaqasi bo'lib o'tdi.
Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi, O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi hududiy boshqarmasi, Davlat xavfsizlik xizmati, bojxona boshqarmasi, Termiz xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni ta'minlash alohida bataloni xizmatchilari, shuningdek, viloyat davlat xavfsizlik xizmati chegara qo'shinlari Janubiy Markaziy okrug qo'mondonligining sohaviy xizmatlari xodimlari ishtirok etgan bellashuvlar keskin va murosasiz bahslarga boy o'tdi.
Musobaqa 8 vazn toifasida o'tkazildi. Unda 100 nafarga yaqin huquqni muhofaza qiluvchi organlari xodimlari o'zaro kuch sinashishdi.
Musobaqa yakuniga ko'ra umumjamoa hisobida viloyat ichki ishlar boshqarmasi birinchi, Milliy gvardiya jamoasi ikkinchi o'rinni egallagan bo'lsa, uchinchi o'rin Davlat xavfsizlik xizmati sportchilariga nasib etdi.
Eng mohir va chaqqon xodimlar tashkilotchilar tomonidan munosib rag'batlantirildi.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech