Ekspert-kriminalistika markazi mutaxassislari tomonidan bank xodimlari o‘rtasida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi
IIV Ekspert-kriminalistika bosh markazining 2024 yil 16 may kunidagi tegishli ko‘rsatmasi
ijrosini ta’minlash maqsadida bank muassasalari xodimlari o‘rtasida “Qalbaki pul
kupyuralari, chet-el valyutalari, qalbaki hujjatlar, qimmatbaxo qog‘ozlar”ga o‘zgartirish
yoki qalbakilashtirish usullarini va hujjatlarning
umumiy va xususiy belgilariga sinchkovlik bilan e’tibor qaratishlari lozimlagi yuzasidan
targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilishi belgilangan.
Shu munosabat bilan
joriy yilning 21-may kuni, Surxondaryo viloyati
IIB Ekspert-kriminalistika markazi katta eksperti X.Nomazov va katta ekspert N.Sh.Mamatqobilovlar
tomonidan, Surxondaryo viloyati ATB “Mikrokredit” bank xodimlari ishtirokida o‘quv
trening mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
Belgilangan o‘quv trening
mashg‘ulot bo‘yicha mutaxassislar tomonidan mavzular doirasida ishtirokchilarga
atroflicha nazariy hamda amaliy tushunchalar berildi. O‘tkazilgan trening mashg‘ulotlari
qizirqarli tarzda olib borilib, xodimlarning bilim va malakasi yanada boyishiga
xizmat qildi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.