24 Sentyabr 2021 yil 434

Kreditorni uxlatgan firibgarning qilmishi fosh bo'ldi

Jarqo'rg'on tumanida 2021 yil 23 sentyabr kuni tuman IIB huzuridagi tergov bo'limining xabariga ko'ra, joriy yilning mart oyida, tuman bank bo'limida, tumanning shu tumanda yashovchi, X.Bozor bankka kredit olish uchun kelgan fuqaro B.Raximga o'zini "MCHJ ish yurituvchisi"-deb tanishtirib, X.Bozorning asalarichilikni rivojlantirish uchun olmoqchi bo'lgan 30 000 000 (o'ttiz million) so'm kredit mablag'iga 30 yashik asalari va vagon etkazib berishligini aytib, B.Raximning nomiga chiqarilgan kredit mablag'ini boshqa bir MChJning hisob raqamiga o'tkazishga erishib, ushbu MCHJ rahbari D.Diyordan MCHJ hisobiga o'tkazilgan 30 000 000 (o'ttiz million) so'm pulni 28.500.000 (yigirma sakkiz million besh yuz ming) so'm naqd pul olib, B.Raximga berishligini aytib, ushbu pul mablag'larini o'zining shaxsiy ehtiyojlariga sarflab yuborganligi aniqlangan. 23 sentyabr kuni X.Bozorga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-q. bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech