2 Yanvar 2022 yil 451

Kredit olib berishni va'da qilgan firibgarga jinoyat ishi qo'zg'atildi

Jarqo'rg'on tumanida 2021 yil 5 noyabr kuni tumanning "Oqtepa" mahallasida yashovchi, A.Aziza (ism shariflar o'zgartirilgan) tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda tanishi Termiz tumanida yashovchi, korxona rahbari B.Maxmud A.Azizaga issiqxona qurish uchun Mikrokredit bank Jarqo'rg'on filialidan 20 000 000 (yigirma million) so'm kredit chiqarib, o'zining korxonasi hisob raqamiga o'tkazib shaxsiy ehtiyojlariga ishlatib yuborganligini ma'lum qilgan. 15 dekabr kuni B.Maxmudga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech