29 Noyabr 2021 yil 392

Korruptsiya-taraqqiyot kushandasi

Joriy yilning 29 noyabr kuni Surxondaryo viloyati IIB katta majlislar zalida navbatdagi ma'naviyat va ma'rifat darsi bo'lib o'tdi.
Unda "Korruptsuiyaga qarshi kurashishda ichki nazorat tuzilmalarining ahamiyati" mavzusida so'z yuritildi. Mavzu yuzasidan, O'zbekiston Respublikasi IIB shaxsiy-xavfsizlik bosh boshqarmasi, Surxondaryo viloyati bo'yicha boshqarmasi boshlig'i podpolkovnik O.Ro'ziqulov so'zga chiqib, korrupsiya va unga qarshi kurashish borasida tizimda olib borilayotgan keng ko'lamli ishlar haqida so'z yuritdi.
Shu bilan birga, ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan yo'l qo'yilayotgan xato va kamchilliklar tilga olinib, kelgusida bu kabi xato va kamchilliklarga yo'l qo'ymaslik hamda ularning oldini olish maqsadida, xizmat intizomi va qonunchilikka rioya qilish borasida tanqidiy va tahliliy ma'lumotlar yig'ilish ishtirokchilariga etkazildi.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech