19 Aprel 2023 yil 159

“Korrupsiyaga qarshi kurashish haftaligi” doirasida Surxondaryo viloyati IIB sohaviy xizmatlari hamda Termiz shahar IIB xodimlari, ularning ota-onalari ishtirokida qonunchilik va xizmat intizomiga rioya etishga qaratilgan uchrashuv o‘tkazildi

Joriy yilning 19 aprel kuni Termiz Davlat Universitetida, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziriligining ko‘rsatmasi hamda Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i tomonidan tasdiqlangan reja topshiriqqa asosan, tizimda korrupsiya illatlariga qarshi kurashish, uning barvaqt oldini olish, xodimlar o‘rtasida xizmat intizomi va qonunchilikni mustahkamlash hamda shaxsiy tarkib bilan bog‘liq salbiy holatlar profilaktikasi yuzasidan tanqidiy tahlilga asoslangan uchrashuv o‘tkazildi.

O‘tkazilgan mazkur uchrashuvda, O‘zbekiston Respublikasi IIV Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash departamenti Ijtimoiy himoya boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari mayor D.Hakimov, viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Sh.Shadiev, viloyat IIB sohaviy xizmat xodimlari va Termiz shahar IIB shaxsiy tarkibi, xodimlarning ota-onalari, oila a’zolari hamda ichki ishlar faxriylari ishtirok etishdi.

Uchrashuvda yig‘ilganlar e’tiboriga mas’ullar tomonidan joriy yilning o‘tgan davri davomida respublika hududida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan sodir etilgan salbiy holatlar yetkazilib, xodimlar xizmat intizomi va qonunchilikka rioya etishi, faoliyat davomida korrupsion va favqulodda holatlar sodir etilishini oldini olish, “xodimbay” ishlashni yanada kuchaytirish, shaxsiy tarkibning oila a’zolari bilan mustahkam aloqa o‘rnatgan holda ko‘ngilsizliklarning oldini olish yig‘ilish ishtirokchilariga tushuntirildi. 

Shuningdek, shaxsiy tarkib va ularning oila a’zolari e’tiboriga tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan videofilm namoyish etildi. Har bir ichki ishlar organlari xodimlari qonunchilik hamda xizmat intizomiga rioya qilishi bo‘yicha tegishli tartibda ogohlantirildi.

Tashkil etilgan uchrashuv davomida, korrupsiyaga qarshi murosasiz kurash olib borayotgan bir uruh xodimlari Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘ining pul mukofotlari bilan rag‘batlantirildi.

Text to speech