15 Aprel 2023 yil 154

“Korrupsiyaga qarshi kurashish haftaligi” doirasida Oltinsoy, Sho‘rchi hamda Qumqo‘rg‘on tumanlari IIB xodimlari, ularning ota-onalari bilan qonunchilik va xizmat intizomiga rioya etishga qaratilgan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 15 aprel kuni Oltinsoy, Sho‘rchi hamda Qumqo‘rg‘on tumanlarida, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziriligining ko‘rsatmasi hamda Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i tomonidan tasdiqlangan reja topshiriqqa asosan, tizimda korrupsiya illatlariga qarshi kurashish, uning barvaqt oldini olish, xodimlar o‘rtasida xizmat intizomi va qonunchilikni mustahkamlash hamda shaxsiy tarkib bilan bog‘liq salbiy holatlar profilaktikasi yuzasidan tanqidiy tahlilga asoslangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

O‘tkazilgan mazkur yig‘ilishda, O‘zbekiston Respublikasi IIV Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash departamenti Ijtimoiy himoya boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari mayor D.Hakimov, viloyat ichki ishlar boshqarmasi Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati boshlig‘i o‘rinbosari mayor X.Nurmatov, tuman IIB boshliqlari, o‘rinbosarlari, IIB shaxsiy tarkibi, xodimlarning ota-onalari, oila a’zolari hamda ichki ishlar faxriylari ishtirok etishdi.

Ushbu yig‘ilishda mas’ullar tomonidan joriy yilning o‘tgan davri mobaynida respublika hududida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan sodir etilgan salbiy holatlar yetkazilib, xodimlar xizmat intizomi va qonunchilikka rioya etishi, faoliyat davomida korrupsion va favqulodda holatlar sodir etilishini oldini olish, “xodimbay” ishlashni yanada kuchaytirish, shaxsiy tarkibning oila a’zolari bilan mustahkam aloqa o‘rnatgan holda ko‘ngilsizliklarning oldini olish yig‘ilish ishtirokchilariga tushuntirildi. 

Shuningdek, yig‘ilish davomida shaxsiy tarkib e’tiboriga tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan videofilm namoyish etildi. Har bir ichki ishlar organlari xodimlari qonunchilik hamda xizmat intizomiga rioya qilishi bo‘yicha tegishli tartibda ogohlantirildi.

Text to speech