Koronavirusga qarshi, Surxondaryo viloyati IIB tibbiyot bo'limi poliklinikasida uzluksiz faoliyat olib boruvchi "Call centre"ga murojaat qilishingiz mumkin.
Ichki ishlar organlarining koronavirus infektsiyasi kasalligi aniqlangan xodimlari va harbiy xizmatchilarini engil va o'rta engil shakli bilan uy sharoitida davolash ishlarini samarali tashkil etish, ambulator va stasionar tartibda davolanayotgan xodimlarni kunu-tun monitoringini olib borish, ahvoli yomonlashgan bemorlarni shifoxonaga yotqizish, ularga o'z vaqtida malakali tibbiy xizmat ko'rsatish hamda O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2021 yil 15 iyul kunidagi "ichki ishlar organlarida koronavirusga qarshi kurashishi samaradorligini oshirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi Farmoyishi ijrosini ta'minlash maksadida, Surxondaryo viloyati IIB tibbiyot bo'limi poliklinikasida xodimlarga tibbiy xizmat ko'rsatishda tezkorlikni ta'minlash hamda uy sharoitida davolanayotgan bemorlarga tibbiy maslahatlar berilishini yo'lga qo'yish uchun uzluksiz faoliyat olib boruvchi "Call centre" joriy yilning 17 iyul kunidan tashkil etilgan.
Agarda siz va yaqinlaringizda "koronavirus" kasalliklari alomatlari sezilganida yoki ushbu kasallikka chalinish gumoni tug'ilganida Surxondaryo viloyati IIB tibbiyot bo'limi poliklinikasida tashkil etilgan "Call centre" dagi mavjud telefon +998 (76) 221-46-17 va +998 (76) 221-45-08 raqamlariga zudlik bilan murojaat qilishingiz mumkin.
Surxondaryo viloyati IIB tibbiyot bo'limi