7 Dekabr 2021 yil 584

"Konstitutsiya-baxtimiz poydevori" mavzusida targ'ibot tadbiri o'tkazildi

Surxondaryo viloyati IIB Xavfsiz turizmni ta'minlash boshqarmasi jamoat tartibini saqlash guruhi katta inspektori mayor J.Shukurov, jamoat tartibini saqlash guruhi inspektorlari podpolkovnik S.Kattaeva, leytenant R.Sattorov va huquqbuzarliklar profilaktikasini tashkil etish guruhi profilaktika katta inspektori leytenant A.Tagirovlar, 2021 yil 6 dekabr kuni Termiz Davlat universitetining Sport faoliyati fakultetida, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kuni munosabati bilan "Konstitutsiya-baxtimiz poydevori" targ'ibot tadbiri doirasida, Yoshlar o'rtasida jinoyatchilikni oldini olish" mavzusida ucharashuv tadbiri o'tkazildi. Unda fakultet ma'muriyati, tyutorlari hamda 2-bosqich talabalari ishtirok etdi.
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyati hamda Surxondaryo viloyat IIB xavfsiz turizmni ta'minlash boshqarmasi faoliyati to'g'risida ma'ruzalar qilinib, tadbir yakunida yoshlarni qiziqtirgan turli masalalarda o'zaro munozara qilindi.

Text to speech