Konstitutsiyaviy islohotlar-Vatanimizning buguni va kelajagi
Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Ismoilov Abduvohid Salomovich, Angor tumani sektorlar rahbarlari hamda tashkilotlar mutasaddilari ishtirokidagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi Konstitutsiyaviy qonun loyihasining jamoatchilik muhokamasiga bag‘ishlangan uchrashuvi Angor tumanining Yuqori Tallashqon mahallasida ham bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda, Abduvohid Ismoilov va boshqalar so‘zga chiqib, konstitutsiyaviy qonun loyihasining mazmun-mohiyati, ahamiyati va keyingi yillarda yurtimizda amalga oshirilgan o‘zgarishlar haqida atroflicha ma’lumot berdi.
Albatta, konstitutsiyaviy islohotlarimiz Vatanimizning bugungi va kelajak hayoti uchun g‘oyat muhim ahamiyatga ega bo‘lgan masaladir.