13 Iyul 2022 yil 417

“Konstitutsiyaning yagona manbai va muallifi-xalqdir” shiori asosida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda

Xabaringiz bor, hozirda yurtimiz bo‘ylab keng jamoatchilik ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritilayotgan o‘zgarish va qo‘shimchalar  bo‘yicha qonun loyihasi hamda ushbu loyihaga aholi tomonidan bildirilgan takliflar keng muhokama qilinmoqda.

Joriy yilning 13 iyul kuni Termiz shahridagi Termiz Arxitektura va qurilish texnikumida “Alisher Navoiy”, “Tinchlik” va “Manguzar” mahallalari fuqarolari ishtirokida Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i A.Ismoilov sektor va tegishli davlat tashkiloti rahbarlari ishtirokida "O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasining jamoatchilik muhokamasiga bag‘ishlangan tadbirlarning navbatdagisi Termiz shahridagi “A.Navoiy” mahallasi hududida tashkil etildi. Mahalla faollari, faxriylar, xotin qizlar va yoshlar ishtirok etgan tadbirda Bosh qomusimizni bugungi kun talablari asosida takomillashtirish hamda unga tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish umumdavlat ahamiyatiga ega muhim masala ekanligi ta’kidlanib, kiritilayotgan o‘zgarishlar tahlil qilib berildi.

“Konstitutitsiyaning yagona manbai va muallifi-xalqdir” degan shior asosida o‘tkazilayotgan muloqotlarda qonun ijodkorlari ham ishtirok etishib Oliy Majlis palatalari tomonidan tuzilgan Konstitutsiyaviy komissiya, shuningdek Konstitutsiyani takomillashtirish bo‘yicha fuqarolarning takliflarini qabul qilayotgan   mening konstitutsiyam. Portali, Telegram  bot, Coll-markazlar faoliyati xususida ma’lumotlar berishdi.

Aholi bilan yuzma-yuz uchrashayotgan targ‘ibot guruhi a’zolari bosh qomusimizni takomillashtirish borasida fuqarolar tomonidan bildirilgan takliflarning tahlili xalqimizning mamlakatda bo‘layotgan keng ko‘lamli o‘zgarishlarga befarq emasligi-yu, dahildorligi chandon oshganligini  ta’kidlashdi.

Tadbirda so‘zga chiqqan nuroniylar va yoshlar vakillari tomonidan keyingi yillarda amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar haqida so‘z yuritildi va Konstitutsiyaviy qonun loyihasi bilan Inson qadri uchun xizmat qiladigan, xalqchil Konstitutsiya yaratilayotganligi haqida so‘z yuritdi.

Aytish kerakki, bu kabi muhokama-munosabat tadbirlari viloyatimizning barcha hududlarida ana shunday uyushqoqlik bilan o‘tkazilmoqda. Quvonarlisi, mazkur jarayonlarga halqimiz ham o‘z tashabbus va takliflarini bildirishib, faollik ko‘rsatishayapti. Zero, yangi O‘zbekistonning yangi Konstitutsiyasi ertangi farovon turmushimizning poydevoridir.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech