8 Dekabr 2023 yil 1100

Konstitutsiya-baxtimiz qomusi shiori ostida bayram tadbiri tashkil etildi

Termiz shahridagi 14 sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida 8 dekabr O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi.

O‘tkazilgan bayram tadbiri davomida o‘quvchilar Vatanni madh etuvchi she’rlar, kuy-qo‘shiqlar va badiiy chiqishlari bilan ishtirok etishdi.

Tadbir yakunida, maktabda o‘z tengdoshlariga bilim olishda o‘rnak bo‘lib kelayotgan bilimdon, zukko kitobxon o‘quvchilarga bayram munosabati bilan Termiz shahar IIB boshlig‘i O‘.Shukurovning badiiy kitoblar sovg‘asi va faxriy yorliqlari tantanali ravishda topshirildi.

Text to speech