“Konstitutsiya - baxtimiz qomusi!”
Joriy yilning 7-dekabr kuni IIV Surxondaryo akademik litseyida Ichki ishlar
vaziri o‘rinbosari general-mayor D.Nazarmuxamedovning 2023 yil 29 noyabr kunidagi
tegishli Farmoyishida belgilab berilgan “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi
qabul qilinganligining 31 yilligini keng nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va uni
o‘tkazish bo‘yicha tadbirlar dasturi” ijrosi hamda Bosh qomusimiz mazmun-mohiyatini
keng targ‘ib etish orqali yoshlarning siyosiy-huquqiy bilimini oshirish, ijtimoiy-siyosiy
faolligini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining
31 yilligi munosabati bilan “Konstitutsiya
- baxtimiz qomusi!” shiori ostida ma’naviy-marifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
O‘tkazilgan tadbirda o‘quvchi yoshlarning she’riy chiqishlari, kuy qo‘shiq
raqslari bilan bir qatorda “Konstitutsiya bilimdoni” diktantlar ko‘rik tanlovi ham
tashkil etildi.
Tadbir yakunida Konstitutsiyaning
31 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan ommaviy diktant tanlovi, zakovat turniri,
konstitutsiya bilimdoni ko‘rik tanlovi g‘oliblari tantanali ravishda taqdirlandi.