8 Dekabr 2020 yil 2081

Konstitusiya-baxtimiz qomusi

Joriy yilning 7 dekabr kuni IIV Surxondaryo akademik liseyida "8 dekabr - O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 28 yilligi bayrami kuni" munosabati bilan "Konstitutisiya-baxtimiz qomusi" shiori ostida o'quvchi yoshlardan tashkil topgan "advokat", "demokrat" va "senator" guruhlari o'rtasida "qomusiy huquq bilimdonlari" bellashuvi o'tkazildi. Mazkur bellashuvda o'quvchi yoshlarning O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga doir bilimlari sinaldi. Baxs va munozaraga boy tarzda o'tkazilgan bellashuvda g'oliblikni "senator" jamoasi qo'lga kiritgan bo'lsa, "demokrat" jamoasi ikkinchi o'ringa munosib ko'rilgan bo'lsa, "advokat" jamoasiga uchinchi o'rin nasib etdi. Shuningdek, bayram munosabati bilan o'quvchi yoshlar o'rtasida devoriy gazetalar tanlovi ham o'tkazildi.
Musobaqalar yakuniga ko'ra bellashuv va tanlovda g'olib deb topilgan guruhlarga akademik lisey direktorining diplom hamda estalik sovg'alari topshirildi.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech