"Kobalt" avtomashinasini olib berishni va'da qilgan shaxs jinoiy javobgarlikka tortildi
Sho'rchi tumani "Do'stlik" mahallasida yashovchi, M.A. 2020 yilning fevral oyida tumanning "Joyilma" mahallasi hududida "Olatemir" mahallasida yashovchi, D.H.dan yangi "kobalt" rusumli avtomashina olib berishni va'da qilib, undan jami 80 000 000 (sakson million) so'm pullarini olib, ushbu pullarni o'zining ehtiyojlariga ishlatib yuborgan.
Mazkur holat yuzasidan, 2021 yilning 8 mart kuni M.A.ga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Ilgaridan o'zgalarni ishonchiga aldov yo'llari bilan kirib, ularning moddiy boyliklarini o'zlashtirishning hadisini olgan M.A. oxir oqibat jinoyat sodir etganligi uchun javobgarlikka tortilib, tegishli jazosini oladigan bo'ldi.
Bejizga xalqimiz aytishmagan "buzoqning yugurgani somonxonagacha"-deb, axir yon-atrofimizda halol mehnat qilib, o'z ro'zg'orining qora qozonini qaynatayotgan qanchadan qancha odamlar bor, "engil-elpi" pul topishning oqibati shu bo'ladi.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati