16 Avgust 2022 yil 452

Kobalt avtomashina olib berishni va’da qilib pullarni o‘zlashtirib ketdi

Qiziriq tumanida 2022 yil 5 avgust kuni tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasidan tushgan hujjatlarga ko‘ra, tumanning “Yangi hayot” mahallasida yashovchi, Sh.Shodiyor (ism shariflar o‘zgartirilgan) tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda shu tumanda yashovchi, S.Ibrat 2021 yil iyun oyida Kobalt rusumli avtomashina olib berishini aytib, 110.000.000 (bir yuz o‘n million) so‘m pullarini yashash uyidan olib ketib, hozirgi kunga qadar Kobalt rusumli avtomashina olib bermasdan ushbu pullarni o‘zining ehtiyojiga ishlatib yuborganligini bildirgan. 5 avgust kuni S.Ibratga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech