13 May 2024 yil 509

“Eko turizm” va “Ekstremal turizm” sohasini rivojlantirish borasida hamkorlik o‘quv seminari o‘tkaziidi.

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi turizm qo‘mitasi hamda Ekstremal turizm assotsiyatsiyasi tomonidan 2024 yilgi o‘tkaziladigan tadbirlar rejasi tasdiqlangan.

Mazkur rejaga asosan, joriy yilning 13 may kuni Termiz shahridagi “Asson” mehmonxonasida “Tog‘ yo‘l yo‘riqchilari uchun qo‘llanmalar” nomli o‘quv-amaliy seminari tashkil etildi.

Ushbu seminarni o‘tkazilishidan maqsad, viloyat hududiga tashrif buyuruvchi xorijiy va mahalliy sayyohlarning xavfsizligini ta’minlash hamda lozim bo‘lganda ularga kerakli yordamlar ko‘rsatilishi yuzasidan viloyat IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi xodimlari tomonidan muhim tavsiya va tushunchalar berib o‘tildi.

Text to speech